Luis Suares Angliyaga qarshi ham o'ynamasligi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
12 iyun 2014
Agar Urugvay terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda g'alaba qozonsa, jamoa hujumchisi Luis Suares Angliyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Ikki hafta oldin "Liverpul" futbolchisi tizzasini operaciya qildirgan edi. Ayni kunlarda u mashg'ulotlar olib bormoqda. Uning Kosta-Rikaga qarshi bo'lib o'tadigan dastlabki o'yinni o'tkazib yuborishi deyarli aniq.
Agar urugvayliklar ushbu o'yinda g'alaba qozona olsalar, Suares Angliyaga qarshi o'yinda ham dam oladi. Bosh murabbiy va shifokorlar unga mana shunday imkoniyat yaratib berishmoqchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net