Lunyov "Dinamo" tomonidan bo'layotgan qiziqishga munosabat bildirdi

Omonjon To`xtamirzayev
16 may 2024
"Qorabog'" klubi darvozaboni Andrey Lunyov agenti Anton Smirnov bilan hamkorlikni to'xtatgani va Msokvaning "Dinamo" klubi tomonidan bo'layotgan qiziqish haqida gapirib o'tdi.

"Kelajagim haqida ko'plab mish-mishlar yuribdi. Bu borada har qanday asosli yangilik yoki malumotlar mavsum yakunlangach, paydo bo'ladi. Hozir nafaqat "Dinamo" bilan kelishuv, balki boshqa klub haqida ham aniq yangilik yo'q. Shu o'rinda, endilikda sobiq agentim Anton Smirnov bilan hamkorlikni to'xatganimizni malum qilmoqchiman. Uch yillik ajoyib hamkorlik uchun undan minnatdorman va kelajakdagi ishlariga omad tilab qolaman", - dedi Andrey.

O'z vaqtida "Bayer"da o'ynagan rossiyalik darvozabon vataniga qaytmoqda


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: sport-express.ru

Izohlar

Фк Тулуза
17 may 2024
Тугри езса булмайдими? Москва деган шахар йук-ку Москва бор!
Bu shunchaki o'yin
16 may 2024
Узимизни Динамоми десам Мсоквани экан