"Manchester Siti" 70 mln. evroga yarim himoyachi sotib oldi

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2025
"Manchester Siti" "Milan" yarim himoyachisi Teyani Reyndersni xarid qilganini e'lon qildi.

Niderlandiya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisi "shaharliklar" bilan 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Avvalroq, "Manchester Siti" "Milan"ga bonuslar bilan 70 million evro to'lashi e'lon qilingan edi. Transferning asosiy summasi – 57 million evro.

Reynders Italiyada ikki mavsum o'ynadi. O'tgan A Seriya mavsumida Teyani 37 o'yin o'tkazib, 10 gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: mancity.com