"Manchester Siti"ning 70 mln evrolik bo'lajak transferi tibbiy ko'rikdan o'tdi

Alisher Ostonov
9 iyun 2025
Teyani Reynders "Manchester Siti"ga o'tishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Avvalroq, ingliz klubi "Milan" yarim himoyachisini bonuslar bilan birga 70 million evroga sotib olishi ma'lum bo'lgandi.

Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, futbolchi allaqachon "shaharliklar" uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan.

Niderlandiyalik futbolchi A Seriyaning o'tgan mavsumida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.



Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano