“Manchester Siti“ APLdan yana bir himoyachi sotib olmoqchi

Khoja
24 may 2025
“Nyukasl“ qanot himoyachisi Valentino Livramento faoliyatini APLning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin.

22 yoshli o'ng qanot himoyachisiga “Manchester Siti“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq “Nyukasl“ o'z himoyachisi bilan xayrlashish niyatida emasligini ma'lum qilgan.

Joriy mavsum Livramento 44 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta golli uzatma bor. Futbolchining “Nyukasl“ bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: sport24.ru