"Manchester Siti" Grilish bo'yicha shartnoma tayyorlamoqda

Alisher
28 iyul 2021
"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish "Manchester Siti"ning transfer maqsadlaridan bo'lib qolmoqda.

Angliya chempioni bosslari o'yinchining transferi borasida shartnoma tayyorlashmoqda.

"Shaharliklar" o'yinchi uchun 75 million funt (~87 million evro) to'lashmoqchi. "Aston Villa" esa o'z yetakchisi uchun 100 milliondan kam so'rashni rejalashtirmayapti.

Grilish Birmingem jamoasida 2013 yilning iyulidan beri o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail