“Manchester Siti” Gvardiol bilan kelishuvga erishdi

Alisher
25 iyun 2023
“Manchester Siti” “Leyptsig” himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi, deya xabar beradi jurnalist Fabricio Romano o'zining Twitter sahifasida.

Manbaga ko'ra, Endi jamoalar o'zaro kelishib olsa bo'lgani. Nemis jamoasi o'z himoya qo'rg'oning yetakchisi bilan xayrlashish niyatida emas, 21 yoshli futbolchini 100 million evroga sotishga tayyor.

21 yoshli xorvatiyalikning "Leyptsig" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 75 million evroga baholamoqda.

Gvardiol o'tgan mavsum "Leyptsig" safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com