"Manchester Siti" himoyachisining diskvalifikaciyasi uzaytirildi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2025
"Manchester Siti" himoyachisi Riko Lyuisning diskvalifikaciyasi 3 ta o'yingacha uzaydi.

Eslatib o'tamiz, Lyuis "Siti"ning Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati doirasidagi "Vidad"ga qarshi o'yinida to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.

2:0 hisobidagi g'alabadan so'ng "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hakamning qaroriga qo'shilmasligi va futbolchisi to'pga o'ynaganini aytgandi.

Biroq FIFA Gvardiolaning nuqtayi nazarini qo'llab-quvvatlamadi va standart diskvalifikaciyaga yana ikkita o'yin qo'shdi, deb xabar berdi "Sky Sports".

Shu tariqa, Lyuis guruh bosqichida "Al Ayn"dan tashqari "Yuventus" va 1/8 final o'yinini o'tkazib yuboradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports