"Manchester Siti" Rodrigo xarididan voz kechdi, jamoa o'z vingerini saqlab qoladi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2025
"Manchester Siti" Savio Moreyrani qo'yib yubormaslikka qaror qildi.

Jurnalist Gilem Balage xabariga ko'ra, "shaharliklar" 21 yoshli vingerni sotish fikridan voz kechdi. Avvalroq vinger transferi bo'yicha "Tottenxem" bilan muzokaralar olib borilgani xabar qilingan edi.

Takidlanishicha, bu qarordan so'ng Rodrigoning "Siti"ga o'tishi amalga oshmaydigan bo'ldi. Angliya klubi "Real" o'yinchisini faqat Savio ketgan taqdirdagina imzolashni ko'zlagan edi. Madridliklar 24 yoshli futbolchi bo'yicha hech qanday taklif olmagan.

Savio o'tgan mavsum APLda29 o'yin o'tkazib, 1 gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/GuillemBalague