"Manchester Siti" "Yuventus" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
2 mar 2020
"Yuventus" xavbeki Rodrigo Bentankur "Manchester Siti" qiziqishlariga sabab bo'lmoqda.

Ingliz klubi o'tgan yozda o'yinchini xarid qilishga urinib ko'rgan edi, ammo "keksa sinora" 22 yoshli urugvaylik futbolchi borasidagi barcha takliflarni rad etgan.

Xabar berilishicha, "Barselona" Bentankur uchun "Manchester Siti" bilan raqobatlashishga tayyor.

Urugvaylik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 18ta o'yinda maydonga tushib, 7ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport