

18 yoshli belgiyalik futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi keyingi yilning yozida tugaydi. Shu sababli “qizil iblislar” futbolchiga yangi shartnoma taklif etishmoqchi, deb xabar beradi The Guardian.
Manbaning xabariga ko'ra, o'yinchiga “Yuventus”, “Bavariya” va “Real” klublari ham qiziqishmoqda.
Eslatib o'tamiz, shanba kuni Angliya chempionati doirasida “Sanderlend”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (2:1) yarim himoyachi dublga erishgan.



