

"Qizil iblislar" ushbu mavsum so'ngida bitim muddati tugaydigan 23 yoshli himoyachi bilan kelishuvni yana bir yilga cho'zish imkoniga ega. Biroq ingliz klubi uning kelajagini klub bilan uzoq muddatga bog'lab qo'yish uchun yangi shartnoma taklif etadi. Hozircha boshqa tafsilotlar ochiqlangani yo'q.
Mankunianlar Aaron Uan-Bissakaga javob berib yuborib, uning o'rniga yangi o'ng qanot himoyachisini jamoaga keltirmoqchi.



