"Manchester Yunayted" futbolchisining yuragi operaciya qilindi

Sherzod Nurmatov
11 okt 2024
"Manchester Yunayted"ning marokashlik futbolchisi Nussair Mazraui operaciyani boshdan kechirdi.

 Shifokorlar himoyachining aritmiya bilan bog'liq muammosini hal qilishdi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, futbolchi ushbu oyni o'tkazib yuborishi aniq. Futbolchining to'liq tiklanish vaqti hozircha noma'lum.

Eslatib o'tamiz, Nussair "iblislar" safiga 2024 yil avgustida qo'shilgandi. Himoyachi klub safida 10 o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

MYU APL jadvalida 14-o'rinni band etib turibdi. "Qizillar"ning navbatdagi o'yini 19 oktyabr kuni "Brentford"ga qarshi o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic