"Manchester Yunayted" hujumchisini ijaraga berib yubormoqchi

Mirjalol Normatov
10 okt 2025
"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkze qishda A Seriyaga qaytishi mumkin.

"Roma" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperini ushbu hujumchi bilan ishlashni istayotganini klub rahbariyatiga ma'lum qilgan.

Hujumchining o'zi ham mankunianliklar tarkibida o'yin amaliyotiga kam ega bo'layotganidan mamnun emas. U jahon chempionatidan quruq qolib ketmaslik uchun agentiga yangi jamoa topish kerakligini aytgan. O'z navbatida "Roma" ushbu holatni kuzatib bormoqda.

Zirkzega "Vest Xem" va "Everton" tomonidan ham qiziqishlar bor.

24 yoshli niderlandiyalik hujumchi ushbu mavsumda 3 o'yinda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport