"Manchester Yunayted" ispaniyalik forvard bilan kelishuvga erishdi

Alisher
23 avg 2019
Ispaniyalik hujumchi Fernando Lorente "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishdi.

34 yoshli hujumchi klub bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi va "Inter"ga ketgan Romelu Lukakuning o'rnini egallaydi.

Ispaniyalik o'yinchi "Tottenxem" safida barcha turnirlarda 66ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishgan.

Lorente bundan oldin "Atletik", "Sevilya", "Suonsi" va "Yuventus" kabi klublarda o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, Lorente 2008-2013 yillar davomida Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Futbolchi hozirda erkin agent maqomida yuribdi.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport