"Manchester Yunayted": "Kavani hech kimni xaqorat qilmoqchi emasdi"

Mirjalol Normatov
31 dek 2020
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati 3 o'yinga diskvalifikaciya qilingan Edinson Kavani haqida bayonot berdi.

Oldinroq klubdagilar bu borada FAga appelyaciya bermasligini ma'lum qilgandi.

"Edinson Kavani ushbu so'zlari haqoratlash ekanligini bilmagan va bunday maqsadi bo'lmagan. Bundan hech qanday g'arazli maqsadlarni ko'zlamagan va tezda undan kechirim so'ragan. Ammo Angliya futbol assotsiatsiyasining rasizmga qarshi kurashi uchun ishlab chiqqan qonuniga qarshi chiqmaymiz.

Barchamiz Edinson Kavani ushbu harakatini atayin qilmaganini tushunib turibmiz. Umid qilamanki, FA bizning tushuntirishlarimizni inobatga oladi", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal