"Manchester Yunayted" Maguayrni "Barselona"ga qo'yib yubormadi

Alisher
27 iyun 2022
"Manchester Yunayted" "Barselona"ning himoyachi Xarri Maguayr borasidagi taklifiga rad javobini berdi.

Kataloniyaliklar 29 yoshli angliyalik futbolchini Frenki de Yongning o'tishi borasidagi bitimga qo'shmoqchi edilar, ammo "Manchester Yunayted" murabbiyi Erik ten Xag Maguayrni jamoada saqlab qolishni xohladi.

Futbolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

Uning MYU bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Sun