

Manbaning xabariga ko'ra, Pol Mitchellga Premer-liganing bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda.
2020 yil iyunidan beri Liga 1'da ishlab kelayotgan 40 yoshli mutaxassis "Tottenxem" va "Leyptsig"da ham xuddi shunday lavozimlarda ishlagan.
Biroq mutaxassisning ko'chib o'tishi haqida gapirishga hali erta. Joriy qishda unga "Nyukasl" murojaat bilan chiqqan, ammo Mitchell "Monako"da qolishga qaror qilgandi.



