"Manchester Yunayted" va "Lill" Yoro transferi bo'yicha kelishuvga erishdi

Оқил Абдубарноев
16 iyul 2024
"Manchester Yunayted" Leni Yoro transferi ustida ishlashda davom etmoqda.

Mankunianliklar "Lill" bilan himoyachining transferi shartlari bo'yicha kelishib oldi: transfer 50 million evro belgilangan summa va 12 million bonuslarni o'z ichiga oladi.

"Real Madrid" ham Yoroga qiziqish bildirmoqda, ammo uni erkin agent sifatida qo'shib olish uchun kelasi yozgacha kutishi mumkin. Shu bois, "Lill" uchun afzal variant futbolchini "Yunayted"ga sotish hisoblanadi.

Ingliz klubi 18 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Yoro esa hali transfer borasida bir qarorga kelmagan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Guardian