"Manchester Yunayted" Varan uchun Pogba va 45 mln evrodan voz kechmoqchi

Mirjalol Normatov
3 iyul 2021
"Manchester Yunayted" "Real" himoyachisi Rafael Varanni tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Ingliz klubi Jeydon Sanchoning transferidan keyin Varan uchun 45 mln evrodan ortiq mablag' bera olmasligini ma'lum qilgan. Ammo "Real" futbolchisini 70 milliondan kamiga sotmoqchi emas, shuningdek, ular yana bir qancha bonus mablag' ham talab qilmoqda.

Varanning vakillari futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tishga qarshi emasligini bildirgan. Mankunianliklar ushbu imkoniyatdan Pol Pogba orqali foydalanib qolmoqchi. Futbolchining MYU bilan kelishuvi 2022 yilga qadar davom etishini inobatga olsak, klub uni pullab yuborishni niyat qilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal