Manjukich "Milan" uchun 5 klubga rad javobini berdi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021
Hujumchi Mario Manjukich "Milan" foydasiga qarorlar chiqardi.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, 34 yoshli futbolchi Ispaniya, Turkiya yoki Rossiya jamoalaridan biriga borishi mumkin edi. Unga "Selta", "Beshiktosh", "Lokomotiv", SSKA va "Spartak" kabi klublardan takliflar bo'lgan. Ammo u "Milan"ga rozilik bergani bois takliflarga rad javobini bergan.

Manjukichning bozor narxi 2,5 mln evroga teng.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal