"Masalan, Kroosni ham chetlatish mumkin edi" – Kukurelya to'p qo'liga tekkan vaziyat haqida

I.J.I
7 jul 2024
Futbolchi o'sha bahsli vaziyat haqida gapirdi.

Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelya Evro-2024 chorak finalidan o'rin olgan Germaniyaga qarshi o'yinda yuz bergan vaziyat bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi. O'shanda raqib bergan zarba Kukurelyaning qo'liga tekkandi, ammo hakamlar bu vaziyatda penalti belgilamagandi.

"Hakam o'sha vaziyat bo'yicha hech narsa demagani meni tinchlantirdi. Agar ekspertlar penalti yo'q deyishsa, demak, shunday.

Men hakamlarning ishiga aralashmayman. Ular aytgan fikrlarni hurmat qilaman. Shubha bo'lishini to'g'ri qabul qilaman, chunki hakamlar bunday vaziyatga bazida penalti berishadi, bazida esa yo'q. Masalan, biz ham Tonining vaziyati bo'yicha norozi bo'lishimiz mumkin. Kroosni ham chetlatish mumkin edi" -deydi Mark Kukurelya.

Malumot uchun, o'sha o'yinda Toni Kroos bir necha marta juda qo'pol o'ynadi. Nemis yarim himoyachisining harakatlaridan so'ng Pedri maydonni jarohat bilan tark etgandi.


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: Marca

Izohlar

Поліна Фоміна
8 jul 2024
❤️Iltimos, yangi porno o'yin 2024-ni baholang) Men o'ynashni boshladim, ehtimol boshqa kimdir unga qiziqadi ➤ https://ja.cat/uzgam
{ CHELSEA }
8 jul 2024
Kukurelya tezroq Chelseada yoʻqolib ket...
Ebenezer Dorset
7 jul 2024
Сан у́зинга жавоб Бер дабба, Кроси олдида сан писта пу́чо сан ,
nerazzuri
7 jul 2024
Крос охирги уйинида фашистлардек уйнади ва муср булиб уйига равона булди.
Tohir P
7 jul 2024
Жойига урибди .