Maskerano va Turan "Sporting"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
28 fev 2017
Jarohat tufayli "Atletiko"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan "Barselona" futbolchilari Xaver Maskerano va Arda Turan 1 mart kuni "Sporting"ga qarshi bo'lib o'tadigan bahsda maydonga tushishi mumkin.

Bu haqda klub bosh murabbiyi Luis Enrike ma'lum qildi.

"Arda va Maskerano yaxshi ishlashdi. Ular ertaga maydonga tushishga tayyor, buni shifokorlar tasdiqladi. Uchrashuvga to'xtaladigan bo'lsak, "Sporting" - turnir jadvalining pastki qismidagi jamoalar kabi juda xavfli. Jon saqlab qolish uchun ularda kam vaqt qoldi, shu sababli navbatdagi o'yin "Sporting" uchun muhim" - deydi Enrike.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com