Matteus: "Ter Shtegen Germaniyaning birinchi darvozaboni bo'lishga haqli"

Aslanov Jasurbek
15 okt 2018
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lotar Matteusning fikricha, "Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen milliy jamoaning birinchi darvozaboni bo'lishga munosib.

"Noyer hali avvalgi o'yin darajasiga qaytmadi. Ter Shtegen so'nggi bir necha yil "Barselona"da o'zini yaxshi tomondan ko'rsatmoqda. Xatto Noyer yaxshiroq o'ynay boshlasa ham, ter Shtegen Germaniya terma jamoasining birinchi raqamli posboni bo'lishga haqli deb o'ylayman" - deydi Matteus.

Germaniya terma jamoasi 16 oktyabr kuni Fransiyaga qarshi Millatlar ligasi doirasida uchrashuv o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es