Matvey Safonov: "O'yin amaliyoti borligining o'zi ham yomon emas. Ko'pchilik PSJga transferimni bilganida, faoliyatim tugaganini aytgandi"

Omonjon To`xtamirzayev
19 dec 2024
Matvey Safonov mavsumning birinchi qismida PSJ safidagi o'yinlari haqiida gapirdi.

"Nazarimda, o'yin amaliyotim borligining o'zi ham hozircha yomon natija emas. PSJga o'tishimni bilib, ko'pchilik faoliyatimning kamida bir yili havoga uchishini aytishgandi. O'yinga tushayotganim, malum daqiqalarda jamoa darvozasini qo'riqlayotganim va asosiy darvozabon bo'lish uchun kurashayotganimdan baxtliman. Shubhasiz, bu yaxshi natija.

O'yin sifatiga keladigan bo'lsak - har doim undanda yaxshiroq o'ynashingiz mumkin. O'ylashimcha, agar men kuchliroq bo'lganimda bundan ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lardim", - dedi PSJ kiperi "Okko Sport" efirida.


Omonjon To`xtamirzayevMaqola muallifi
Muqova: Okko Sport

Izohlar