Mbappe Alonsoning kyetishiga birinchi bo'lib munosabat bildirdi

Khoja
13 yanv 2026
"Real" futbolchilaridan Kilian Mbappe birinchi bo'lib ishdan bo'shatilgan Xabi Alonso bilan xayrlashdi.

"Bu qisqa vaqt bo'ldi, lekin siz bilan o'ynash va o'rganish men uchun juda yoqimli edi. Ishonch uchun rahmat - sizni aniq g'oyalarga ega va futbolni juda yaxshi biladigan murabbiy sifatida eslayman", - deb fikr bildirdi Mbappe.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis jamoani 2025-yil yozidan beri boshqarib kelgandi. Alonso boshchiligida "Real Madrid" barcha musobaqalarda 34 ta o'yin o'tkazib, 24 tasida g'alaba qozongan, to'rttasida durang o'ynagan va oltitasida mag'lub bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: Marca