Mbappe Fransiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2025
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 16 noyabr kuni Ozarbayjonga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2026 saralash o'yinini o'tkazib yuboradi.

Bu haqda mashhur insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasini tark etdi va Ozarbayjonga bormaydi. Futbolchi hali ham o'ng to'pig'ida yallig'lanishdan aziyat chekmoqda va bugun kechqurun Madridda tekshiruvdan o'tishi kerak.

Kecha, 14 noyabr kuni Fransiya Ukrainani 4:0 hisobida mag'lub etdi. Kilian Mbappe 2 ta gol urdi. Jamoa AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano