Mbappe qachon safga qaytadi?

Mirjalol Normatov
26 fev 2026
"Real" murabbiylar shtabi Kilian Mbappening sog'lig'ini xavf ostiga qo'yishni istamayapti.

Mbappe "Benfika"ga qarshi o'yinda ishtirok etmadi. "Real" murabbiylar shtabi uning tizzasidagi jarohati to'liqligicha tuzalmaguncha maydonga tushirmoqchi emas.

Fransiyalik futbolchi uzog'i bilan 14 kunga safdan chiqqan. Bu klubdagilar uchun yaxshi xabar. U 10 va 11 mart kuni bo'ladigan YCHL 1/8 finali doirasidagi uchrashuvgacha safga qaytishi kerak.

Forvard ushbu mavsumda 33 o'yinda qatnashib, 38 gol va 6 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Touchline