Mbappe "Tottenxem" yulduzi Xavi Simonsga baho berdi

Alisher Ostonov
1 noya 2025
Madridning "Real" klubi futbolchisi Kilian Mbappe "Tottenxem" hujumkor yarim himoyachisi Xavi Simons haqida fikr bildirdi.

Fransiyalik hujumchi niderlandiyalik futbolchi bilan PSJda birga o'ynagan paytlaridan beri tanish.

"Simon juda iqtidorli futbolchi. U o'z vaqtida to'g'ri qaror qabul qilib, o'yin amaliyoti uchun PSVga ko'chib o'tgan. Yoshligingda top-klubda o'zingni ko'rsatish qiyin. Keyin u "RB Leyptsig"ga o'tdi, u yerda ham ajoyib edi va endi "Tottenxem"ga o'tdi. Umid qilamanki, Xavi rivojlanishda davom etadi va o'zi intilayotgan hamma narsaga erishadi. Unga eng yaxshi tilaklarni tilayman", - dedi Mbappe.

Xavi Simons avgust oyida "RB Leyptsig"ni "Tottenxem"ga almashtirgandi. Transfer qiymati 65 mln evroni tashkil etgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Madrid Universal