"Men uning yaqin do'sti emasman". Dide Desham - Zidan bilan munosabatlari haqida

Sherzod Nurmatov
24 mar 2025
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Zinedin Zidan bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

Desham 2012 yildan buyon terma jamoani boshqarib kelmoqda va jamoani JCH-2018 g'olibligi, Evro-2016 va JCH-2022 finallari sari etakladi. Biroq uning shartnomasi keyingi munidaldan keyin tugaydi va Zidan uning o'rniga asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. "Real"ning sobiq ustozi ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqdi, bu esa uni ideal davogarga aylantirdi.

Munosabatlar yaxshi emasligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, Desham "Le Figaro" nashriga garchi ular yaqin do'st bo'lmasalar ham, o'rtada o'zaro hurmat borligini aytdi.

"Biz ko'p yillarni birga o'tkazdik. Oramizda bir-birimizning muvaffaqiyatlarimiz tan olinadi. Men uning yaqin do'stlaridan biri emasman, lekin hurmat doimo saqlanib qoladi", – dedi Desham.

Endi e'tibor Fransiya futbol federatsiyasi va Zidanning o'ziga qaratilmoqda – u bu chaqiruvni qabul qilib, Deshamning ishini davom ettiradimi?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le Figaro