Messi Bekxemning klubiga qachon o'tishi taxmin qilindi

Eldor Akmurzayev
3 yanv 2022
"Marca" manbasiga ko'ra, PSJ forvardi Lionel Messi “Inter Mayami”ga yo'l oladi.

Argentinalik 2023 yil Devid Bekxem klubiga o'tishi kutilmoqda. Avvalroq, Messi Mayamida uy sotib olgani xabar qilingandi.

34 yoshli futbolchi o'tgan transfer oynasida parijliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi. U joriy mavsum Fransiya chempionatida 11 o'yinda qatnashib, 1+4 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca