Messi mundial finalida ham “man of the match” sovrinini qo'lga kiritib, navbatdagi rekordni o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
19 dec 2022
Qatardagi mundial finalida Argentina terma jamoasi dramtik kechgan bahsda Franciyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, bosh sovrin egasiga aylandi.

Lionel Messi uchrashuvda dublga erishdi va futbol lotereyasida ham zarbada adashmadi. U finalning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi. 35 yoshli forvard guruh bosqichi, 1/8 final, 1/4 final, 1/2 final hamda hal qiluvchi bahslarda “man of the match” sovrinini qo'lga kiritgan o'yinchi sifatida mundial rekordini o'rnatdi.

Bundan tashqari, Messi mazkur individual nominaciyada 11-marotaba g'olib deb topildi va o'z rekordini yangilashga erishdi. Eng yaqin taqibchilari Krishtianu Ronalduda (Portugaliya) 7 ta, Aren Robbenda (Niderlandiya) esa 6 ta “man of the match” sovrinlari bor.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Qopqoq: Championat.asia

Izohlar

Dostonbek Bavariya
19 dec 2022
Olaver Messi, senga yarashadi. Sen zamonaviy futbolning qirolisan
Mиллиaрдeр
19 dec 2022
Роналдуни мухлислари хафа бумела 1-2 кун сайтка кирми турсела анча тинчийди. Энди шунака хабарла чиквуради...
You are that one what you name others
19 dec 2022
Messi sayyorangga qayt. Odamlarga ham imkon ber!!!
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
19 dec 2022
Сал кимирлаб куйса рекорд
Abdujalil
19 dec 2022
Oʻzim Ronalduni personal muxlisi boʻsamda JCHda shu ikkalasidan birini chempion boʻlishini xoxlagandim. Bular deyarli 20 yil davomida futbolni yuqori choʻqqiga olib chiqishdi, yangi sahifalar ochishdi. Ikkalasigayam bitta shu chempionlik yetishmayotgandi. Messi va Argentina muxlislarini tabriklayman. Adolatli yakun boʻldi deb oʻylayman. Xurmatli boshqa jamolarni muxlislari Argentinani muxlislarini tabriklab qoʻyaylik, ular bunga xaqli edilar. Xurmatli Messi va Argentinani AYRIM muxlislari siz ham saytda nooʻrin provakatsiya qilib, boshqalarni shaxsiyatiga tegmang. Odam boʻlib keldik odam boʻlaylik