Messi Neymar va Suares bilan yozishmalari haqida gapirdi

Alisher
1 iyun 2019
"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jamoadan ketgan Neymar bilan hali ham aloqada ekanligini aytib o'tdi.

Messining so'zlariga ko'ra, u Neymar bilan WhatsApp gaplashadi.

"Neymar - bu fenomen. Biz hozir ham u bilan gaplashamiz. Hattoki Suares, Neymar va mening ishtirokimda WhatsApp da guruhimiz ham bor. U uch janubiy amerikalik yoki shunga o'xshash nom bilan ataladi", - deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, Neymar PSJga 2017 yilda 222 million evro evaziga o'tgan va futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi bo'lgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Marca