

Rostov investori va prezidenti Artashes Arutyunyanc, bosh murabbiy Valeriy Karpin va sport direktori Aleksey Riskin klubni tark etadi, bu haqda Metaratings.ru xabar berdi.
Artashes Arutyunyanc - Yujniy kapital kompaniyasi rahbari va 2017 yil Rostov prezidenti etib tayinlangandi.
Valeriy Karpin 2017 yil 19 dekabr kuni Rostov bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Shu yilning fevral oyida klub bilan shartnomasini besh yilga uzaytirgandi.
27 turdan so'ng Rostov Rossiya chempionatida 43 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.



