Joriy chempionatda 41 ochko bilan “Baltika” peshqadamlik qilmoqda. Qishki transfer oynasida “Alaniya”ga kelib qo'shilgan Husayn Norchaev bugun vladikavkazliklar safidagi rasmiy debyutini o'tkazishi kutilmoqda. Ular safarda 10-o'rindagi “Nefteximik” bilan bahs olib boradi. Mezbonlar tarkibida o'zbekistonlik boshqa bir futbolchi Vagiz Galiulin harakat qiladi. Uchrashuv 19:30 da boshlanadi.
Ertaga, 6 mart kuni esa Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev harakat qilayotgan “Rubin” mehmonda “Kuban”ga qarshi bahs (19:30) olib boradi. Rahmonaliev hozirda O'zbekiston U-20 termasi bilan birga qita birinchiligida qatnashmqda. Qozonliklar turnir jadvalida 37 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.
21-tur taqvimi
TURNIR JADVALI
Izohlar