Milan Mitrovich: "Penaltilar seriyasidagi omadsizlikda Abdullaevni ham, Jo'rabekovni ham ayblamaslik kerak"

Iskandarov Abdulaziz
6 oct 2022
"So'g'diyona" kecha o'z maydonida OFK kubogi yarim finalida Malayziyaning "Kuala-Lumpur Siti" jamoasiga mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvdan so'ng jizzaxliklar darvozaboni Milan Mitrovichning fikrlari bilan qiziqdik.

- O'yin haqida...

- "So'g'diyona" ilk bor bunday xalqaro musobaqada ishtirok etdi. Qaysidir manoda biz o'zimiz uchun yaxshigina tajriba to'pladik, deb o'ylayman. OFK kubogini yuqori natijalar bilan boshladik. Biroq yakun unday bo'lgani yo'q. Finalga bir qadam qolgandi. Lekin nima ham qila olardik? Raqibga omad kulib boqdi. 

- Jamoaning oxirgi uchrashuvlaridagi natijalari ko'ngildagidek, deb bo'lmaydi. Bu ham ruhiy tomonlama tasir qildimi?

- Albatta. Superligadagi so'nggi 5ta uchrashuvda g'alaba qozona olmadik. 3ta frontad kurash olib borish oson emas. Har uch kunda maydonga chiqish baribir jismoniy tomondan toliqtiradi. Omad etishmayapti. Futbolda muhimi g'alaba qozonish. Jamoamiz qaerdadir qo'sha oldi, qaerdadir yo'q. 

- Penaltilar seriyasida almashtirilganingizni qanday qabul qildingiz? O'sha lahzalarda nimalar o'tdi? "Qizilqum" bilan uchrashuvda ham shunday holat takrorlangan, biroq unda raqib futbolchisi xato zarba yo'llagandi...

-  Bu murabbiy uchun beriladigan savol. Men javob bera olmayman. Lekin Ulug'bek Baqoevning qarorini hurmat qilaman. Chunki har bir murabbiy jamoasi g'alaba qozonishini istaydi. Shirinboy Abdullaev harakat qildi. Uni biror narsada ayblamaslik kerak. Hattoki penaltini golga aylantira olmagan Jo'rabekovni ham. Bu futbol, tamom. 

- Malayziya klubi qaysi jabhada "So'g'diyona"dan ustun o'ynadi?

- Ular o'yinning hech bir qismida bizni mag'lub eta olishmadi. O'z imkoniyatlarini kutishdi va ataylab penaltilar seriyasiga qadar etib borishdi. Maqsadlariga etishdi, xullas. Penaltilar seriyasida hamma narsa bo'lishi mumkin. Bizdan kuchsizroq jamoa omadli bo'lib chiqdi. 


Iskandarov AbdulazizMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Shamsiddin Usmonov
21 oct 2022
Superligada qolgan uyinlarni xam shunday yutqazib soqqani qilaveringlar silarga yarashaverdi
Arsen Venger !!!
6 oct 2022
Узинг алмаштирилмаганингда пенальтилар сериясида омад Сугдиёна томонида булиши мумкин эди,
Хакикатгуй
6 oct 2022
Савияли дарвозабон урнига хеч ким танимидиган дарвозабон тушириш бу ахмоклик. Бакоев узича малайзия жамоасини психологичнский синдирмокчи булди яна ким билан заетида пеналти кайтармаган юкори савияда уйгамашанни туширди.
FK Barselona
6 oct 2022
Hali ham temadami shu uyin buldi esdan chiqaramiz sekiiiin
Doniyor Jalolov
6 oct 2022
QISQASI O'YINNI SOTDIK DEB AYTAVUR