Mircha Luchesku 80 yoshida vafot etdi

Aslanov Jasurbek
7 apr 2026
Ruminiyalik mashhur murabbiy Mircha Luchesku 80 yoshida olamdan o'tdi.

Bu haqda ruminiyalik jurnalist Emanuel Roshu xabar bermoqda.

Luchesku futbol olamida eng ko'p sovrin yutuqqan murabbiylardan biri sifatida tarixda qoldi. Uning boy faoliyati davomida qo'lga kiritgan asosiy muvaffaqiyatlarini yodga olamiz:

  • "Shaxtyor" (Doneck): Klub bilan 22 ta sovrin sohibi bo'lgan, jumladan, 8 karra Ukraina chempioni va 2009 yilgi UEFA Kubogi g'olibi.

  • "Galatasaroy" va "Beshiktosh": Turkiyaning har ikki grandi bilan chempionlikka erishgan, "Galatasaroy" bilan UEFA Superkubogini qo'lga kiritgan.

  • Dinamo (Kiev): Ukrainadagi faoliyatini davom ettirib, kievliklar bilan ham ichki chempionat va kubokda zafar quchgan.

  • Terma jamoalar: Ruminiya va Turkiya milliy terma jamoalarini boshqargan.

Mircha Luchesku o'z faoliyati davomida jami 35 ta sovrinni qo'lga kiritib, bu borada faqat Aleks Fergyusondan keyingi o'rinlardan birida turardi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/Emishor