Bugun MLS matbuot xizmati liganing ushbu mavsumdagi ramziy termasini taqdim qildi. Undan "Oltin to'p"ning amaldagi sohibi Leo Messi o'rin olmadi.
Darvozabon: Roman Byurki ("Sent-Luis Siti");
Himoyachilar: Mett Myazga ("Cincinnati"), Tim Parker ("Sent-Luis Siti"), Uoker Cimmerman ("Neshvill");
Yarim himoyachilar: Lusiano Akosta ("Cincinnati"), Tyago Almada ("Atlanta"), Ektor Errera ("Xyuston Dinamo"), Xani Muxtar ("Neshvill"), Deni Buanga ("Los-Andjeles");
Hujumchilar: Georgios Yakumakis ("Atlanta"), Kucho Ernandes ("Kolambus Kryu").
Messi "Inter Mayami"ga 2023 yilning yozida borib qo'shildi va 6 o'yinda 1 gol urib, 2ta assist qayd etdi.
Izohlar