Mourinyo "Chelsi"ga qaytish haqidagi savolga javob berdi

Aslanov Jasurbek
22 okt 2016
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chelsidan qay tarzda bo'shatilganligi haqida aytib berdi.


"Ishdan bo'shashim haqidagi qarorni Abramovich qabul qilgandi. Lekin, bu to'g'ri qaror edi. Har qanday holatda ham men hafa emasman. Biz tinchgina xayrlashdik, men bu xabarni hotirjam qabul qildim va kerakli hujjatlarga imzo chekdim. Iste'fo - ishimning bir qismi ekanligini juda yaxshi tushunaman. Xar bir murabbiy faoliyati davomida kamida bir marotaba bo'lsada iste'foga chiqariladi. Men klubdan vijdonim toza holda ketgandim. Biz APLda g'olib chiqdik va muxlislarga yoddan chiqmaydigan damlarni taqdim etdik.

"Chelsi"ga qaytamankmi? To'g'risini aytsam, qaytmaslikka umid qilaman. Men "Yunayted"da ko'p yillar davomida qolmoqchiman", - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseanews.ru