Mourinyo Falkaoni avvalgi darajasiga qaytarishga tayyor
Aslanov Jasurbek
11 iyun 2015
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Monako" hujumchisi Radamel Falkaoga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi.
"Anglida Falkaoni "Manchester Yunayted"dagi yigit deb o'ylashyapti. Men uni bilaman va Falkaoni "Atletiko"da kuzatganman. Agar menga Radamelni avvalgi darajasiga qaytarishga imkon berilsa, buni amlaga oshiraman" - deydi murabbiy.