Mourinyu o'rniga Sulsher kelishiga Fergyuson sababchi ekan

Aslanov Jasurbek
24 dek 2018
"Manchester Yunayted" afsonasi ser Aleks Fergyuson Ule-Gunnar Sulsherning MYU ustozi bo'lishida muhim rolni o'ynagan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Fergyuson o'z yordamchisi Maykl Felanning qaytishiga ham sababchi bo'lgan.

"Manchester Yunayted" vice-prezidenti Ed Vudvord Joze Mourinyu iste'fosidan oldin Aleks Fergyuson bilan bog'langan.

"Vudvord Gleyzerlar (MYU egalari) bilan suhbatda Joze jamoadan kyetishini istagan. Oldinroq esa Fergyuson unga Sulsherni tavsiya qilgan edi" - deydi "Manchester Yunayted"dagi manba.

Sulsher Fergyuson bilan aloqada bo'lib turishni xohlamoqda, portugaliyalik mutaxassis bu ishni qilmagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun