Ser Aleks Fergyusonning xotiralar kitobi nashrdan chiqadi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2026
Unda afsonaviy murabbiy o'zi uchun alohida ahamiyat kasb etgan 21 ta o'yin haqida hikoya qiladi.

Shuningdek, kitobda avval e'lon qilinmagan suratlar va uning shaxsiy arxividan materiallar ham joy oladi.

Fergyusonning takidlashicha, u hayotining turli bosqichlari bilan bog'liq bo'lgan o'yinlarni tanlab olgan. Uning so'zlariga ko'ra, ularning ko'pchiligi muxlislarni hayratga solishi mumkin, chunki hammasi ham mashhur uchrashuvlar emas. Bu o'yinlarning ayrimlari hatto televidenie arxivlarida ham saqlanmagan - ular faqat uning xotirasida yarq etib namoyon bo'ladi.

"Ushbu kitob uchun men o'zim uchun alohida ahamiyatga ega 21 ta o'yinini tanladim.

Tanlov sizlarni hayratga solishi mumkin, chunki men avvalgi kitoblarda yozgan o'yinimlarga yopishib olmadim yoki muxlislarning darrov yodiga tushadigan bahslar bilan cheklanib qolmadim. Aksincha, meni hayotimning turli lahzalariga qaytarib boradigan va o'n yillar o'tsa ham katta ahamiyatga ega bo'lib qolgan o'yinlarni saraladim.

Uchrashuvlarning ayrimlari hech qanday televidenie arxivida saqlanmagan. Bu - faqat xotiralar. Biroq tasavvurimda men ularni hozir ham go'yoki tomosha qilyapman - juda yorqin ranglarda", – dedi Aleks Fergyuson.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News