Mo'ydin Mamazulumov: "Neftchi" bilan o'yinda g'alabaga haqli edik"

Narzulla Saydullayev
13 mar 2016
"Neftchi" - "Navbahor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Mo'ydin Mamazulumov o'z fikrlarini bildirdi.

"Derbi baribir derbi. "Neftchi" kuchli jamoa, shu bois o'yinda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Uchrashuvda raqibdan ko'ra ko'proq vaziyatlar yaratdik, g'alabaga haqli edik. Ammo omadimiz kelmadi. Xatolar ustida ishlaymiz va keyingi bahslarga tayyorgarlik ko'ramiz", - deydi Mo'ydin Mamazulumov. 

"Navbahor" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia