

O'yin haqida
- Bugun o'yinda g'alaba qozonishni xohlagandik. Jamoaviy o'yin namoyish etyapmiz. Bundan keyingi bahslarda ham zafarli yurishni davom ettirishga harakat qilamiz.
- Birinchi bo'limda biroz sustkashlikka yo'l qo'ydinglar, buning sababi nimada?
- Dastlabki golni urgancha biroz qiynaldik. Raqib ham g'alaba uchun maydonga tushdi. Gol urganimizdan so'ng barchasi osonlashib ketdi.
- Hakam o'yinni qanday boshqardi? Masalan, raqib futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyat...
- Hakam haqqoniy ravishda futbolchini chetlatdi, chunki u hakamni ikki-uch marotaba haqorat qildi. Hakam bir gal kechirdi, biroq keyingisida indamay turolmadi.
- Bugungi g'alaba omad evaziga qo'lga kiritildimi?
- O'yindan avval g'alaba qozonishni rejalashtirgandik. Boshliqlar ham faqat g'olib kelish lozimligini takidlagandi. Xudoga shukur, bir jamoa bo'lib, muvaffaqiyatga erishdik.
- "Sho'rtan"dan boshqa jamoa safida to'p tepish rejangiz bormi?
- Yaxshi takliflar bo'lsa, boshqa jamoada o'ynash niyatim bor. Biroq hali bu haqda hech narsa deya olmayman.



