"Sho'rtan" stadioniga VAR texnikasi joylashtirilmoqda

Sherzod Nurmatov
6 apr 2026
Bu haqda O'zbekiston futbol hakamlari markazi xabar berdi.

“Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini taminlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o'rnatish ishlari jadal davom etmoqda.

Ayni paytda “Sho'rtan” klubining uy stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda”, – deyiladi xabarda.

4.jpg5.jpg


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази