Muxlisga tupurgan futbolchi 4 o'yinga chetlatildi

Mirjalol Normatov
5 dek 2025
"Bernli" yarim himoyachisi Gannibal Mejbri "Lids"ga qarshi o'yin vaqtida muxlisga tupurgani uchun jazolandi.

"Bernli" APLning 8-turida 18 oktyabr kuni o'z maydonida "Lids"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdan keyin muxlislardan biri 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Gannibal Mejbri unga tupurganini aytdi.

Bahsdan keyin Lankashir policiyasi ushbu voqelik yuzasida taftish ishlarini olib bordi. O'z navbatida Angliya Futbol assotsiatsiyasi ham tekshiruvlar o'tkazdi.

22 yoshli Mejbri ushbu holatda aybdor deb topildi. Futbolchi 15 ming funt jarimaga tortildi va 4 o'yinga chetlatildi.

Futbolchi APL doirasida 30 dekabr kuni bo'ladigan "Nyukasl"ga qarshi bahsgacha o'yinlarda qatnasha olmaydi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal