"Sevilya" "Manchester Yunayted" futbolchisini ijaraga oladi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2024
"Manchester Yunayted" futbolchisi Gannibal Mejbri ijara asosida "Sevilya"ga o'tadi.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, garchi "Frayburg" va "Marsel" tomonidan qiziqishlar bo'layotgan bo'lishiga qaramasdan, 20 yoshli tunislik futbolchining o'zi ham "Sevilya"ga o'tishga rozi bo'lgan. Ayni damda Ispaniya va Angliya klublari ijara shartlarini muhokama qilishmoqda.

Ushbu mavsumda Mejbri MYU tarkibida 9 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano