Muxlislar Mane o'ynay olishi uchun JCHni ortga surishni so'rashmoqda

Sherzod Nurmatov
10 noya 2022
Senegal terma jamoasi muxlislari "Bavariya" hujumchisi Sadio Manening jarohati tufayli Qatarda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha 2022 yilgi Jahon chempionatini boshqa muddatga qoldirishni talab qilib, peticiya tuzishdi.

"Afrikaning eng yaxshi futbolchisi Sadio Mane jarohat olgan, shuning uchun biz uning uchun Jahon chempionatini keyinga surishimiz lozim!", – deyiladi muallifning Change.org saytidagi peticiyasida.

Mane uchun Jahon chempionatini keyinga qoldirish talab qilingan peticiyaga istalgan kishi imzo chekishi mumkin.

Avvalroq Afrika terma jamoasi yetakchisi Germaniya Bundesligasi doirasidagi "Bavariya"ning "Verder"ga qarshi uchrashuvida (6:1) payidan jarohat olgani ma'lum bo'lgandi. Avvalroq Fransiyaning "L'Equipe" nashri jarohat 30 yoshli senegallik futbolchining bo'lajak jahon chempionatida ishtirok etishiga xalaqit berishi haqida xabar bergandi.

Mane joriy mavsum "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida Senegal terma jamoasi musobaqa mezbonlari – Qatar, Ekvador va Niderlandiya terma jamoasi bilan bir guruhda o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Africa Top Sports