MYU futbolchida jarohat moyillik borligini bila turib uni xarid qildi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2024
"Manchester Yunayted" Leni Yoro jarohati haqida bilardi.

Iyul oyida ingliz klubi 18 yoshli himoyachini "Lill"dan 62+8 mln. evroga sotib olgan edi.

Himoyachi iyul oyi oxirida "Arsenal"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida ingliz klubi safida jarohat olib, kamida 3 oyga safdan chiqqan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, mankunianlar tibbiy ko'rik paytida Yoroda shikastlanishga moyillik haqida ma'lumotga ega bo'lgan.

Ammo klub futbolchi bilan shartnoma imzolashdan bosh tortmadi, chunki ular Leni Yoroni Yevropaning eng iqtidorli himoyachilaridan biri deb ko'rmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic