MYU futbolchisi: "Menga futbolda Mourinyo yetishmayapti"

"Manchester Yunayted" himoyachisi Viktor Lindelyof sobiq ustozi Joze Mourinyo bilan munosabatlari haqida aytib o'tdi.

"U dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri va top-klublardan birida ishlashi lozim. Futbolda menga u yetishmayapti. Mourinyodan juda ham qarzdorman, u menga klubda o'ynash imkoniyatini bergan ajoyib murabbiy va juda yaxshi inson. Unga cheksiz hurmatimni izhor qilaman va qaysarliklaridan tortib quchoqlashigacha, barcha-barcha hislatlarini qadrlayman", – deydi Lindelyof.


Manba: skysports.com